+998 93 717 56 06
Kaizen + ERP paneli + AI · ishlab chiqarish va xizmat korxonalari uchun

Korxonangizda oyiga 2 000–5 000$ yo'qolayotgan pulni topamiz va to'xtatamiz

Kaizen metodikasi bo'yicha har kuni kichik yaxshilanish: xodim taklif beradi, muammo ildizidan yechiladi, natija ERP panelida raqamda ko'rinadi. Qayerdan boshlashni bepul AI diagnostikada aniqlaymiz.

Aniq tejash summasi korxona ko'lamiga bog'liq va diagnostikada sizning raqamlaringiz bilan hisoblanadi.

~200korxonada turli xizmatlarimiz bo'yicha ishlaganmiz
30+korxonani tizimlashtirganmiz
23tayyor Kaizen qo'llanmasi
● Panelni ko'rsatyapman
Pul qayerda ketyapti

Yo'qotish katta bitta xatoda emas, har kungi mayda isroflarda

Hech kim ko'rmaydi, hech kim o'lchamaydi, shuning uchun har oy takrorlanadi. Kaizen aynan shularni ko'rinadigan qiladi.

1
Brak va qayta ishlashBir xil nuqson har hafta qaytadi, chunki sabab emas, oqibat tuzatiladi.
2
Kutish va to'xtashlarUskuna, xomashyo yoki qaror kutib o'tgan soatlar hech qayerda yozilmaydi.
3
Qidirish va tartibsizlikAsbob, hujjat, ehtiyot qism qidirish uchun har smenada vaqt ketadi.
4
Xodimning g'oyasi eshitilmaydiMuammoni eng yaxshi biladigan odam — ishchi, lekin uning taklifi hech kimga yetib bormaydi.

Oddiy hisob: 100 xodimli korxona

Har bir xodim kuniga 15–20 daqiqa isrofda yo'qotsa, bu oyiga 500–700 ish soati. Bunga brak, ortiqcha xomashyo va kechikkan buyurtma qo'shilsa, yo'qotish oson 2 000–5 000$ ga yetadi.

2 000–5 000$oyiga taxminiy yo'qotish
Tizimchi AI platformasi

Kaizen paneli: butun yaxshilanish jarayoni bitta ekranda

Bu taqdimot emas, o'zimiz har kuni ishlatadigan ERP. Korxonangizga alohida nusxa ochiladi va jamoangiz shu yerda ishlaydi.

KAIZEN GROUP · Panel
Takliflar (oy)47
48 soatda javob berilgan92%
Joriy etildi19
Foyda (so'm/oy)+38 mln
Xodimlar qamrovi64%
Faol PDCA kartalari8
5 NEGA tahlillari5
5S o'rtacha ball43/60

Takliflar va joriy etilganlar (oylar)

1-oy2-oy3-oy4-oy

Signallar (har kuni 09:05 Telegramga)

3 ta taklif 48 soatdan beri javobsiz
PDCA "Qolip almashtirish vaqti" muddati o'tdi
5 NEGA: ildiz sabab topildi, tekshiruv sanasi 28-kun
2-sexda 7 kundan beri 5S audit yo'q

Raqamlar namuna sifatida ko'rsatilgan. Sizning panelingiz korxonangiz ma'lumotlari bilan to'ladi.

5 ta modul

Kaizen ichida nima bor va har biri sizga nima beradi

Har modul ortida tayyor metodika, shablon va ERP dagi alohida bo'lim turadi. Jamoa nima qilishni taxmin qilmaydi.

1 · PDCA kartalari

Har yaxshilanish to'liq aylanadi: Reja → Bajar → Tekshir → Mustahkamla

Har kartada boshlang'ich, kutilgan va haqiqiy qiymat yoziladi. Natija o'lchanmaguncha karta yopilmaydi. Muddat aytilmasa avtomatik 30 kun qo'yiladi.

"Qildik" emas, "shuncha yaxshilandi" degan raqam
PDCA PDCA Reja · BajarTekshir · Mustahkamla
2 · Takliflar tizimi

Har xodim — yaxshilanish muallifi

Taklif baholanadi (ta'sir + osonlik + tarqalish, 3–9 ball), 48 soatda javob beriladi, joriy etuvchi tayinlanadi.

1Xodim taklif yozadi2 daqiqa
2Baho va qaror48 soat
3Joriy etishmas'ul bilan
4Foyda hisoblanadiso'm/oy
Jamoa muammoni yashirmaydi, o'zi yechim olib keladi
3 · 5 NEGA

Muammo ildizidan yechiladi, qaytib kelmaydi

Odamni ayblash emas, sababni topish. Ildiz sabab → 3 darajali chora → standart → tekshiruv sanasi.

Nega? Buyurtma kechikdi
Nega? Liniya 3 soat turdi
Nega? Qolip almashtirish uzoq
Nega? Standart tartib yo'q
Ildiz: almashtirish SOP'i yo'q → yozildi
Bir xil yong'inni har hafta o'chirish to'xtaydi
4 · 5S audit

Ish joyi tartibi raqamda o'lchanadi

15 band, har biri 0–4 ball, jami 60. Har uchastka bo'yicha daraja va dinamika ko'rinadi.

1SSaralash
2SJoylash
3STozalash
4SStandart
5SIntizom
Audit
43 / 60
Qidirishga ketadigan vaqt va shikastlanish kamayadi
5 · Gemba yurish

Rahbar muammoni hisobotdan emas, joyida ko'radi

Har yurishning mavzusi, marshruti va savollari bor. Topilgan har narsaga 24 soat ichida chora.

1mavzu va marshrut
3–5topilma har yurishda
24 soatichida chora
Rahbar va sex orasidagi masofa yo'qoladi
Tizimlashtirish + AI

Kaizen yolg'iz qolmaydi: tizim va AI bilan birga ishlaydi

01TizimlashtirishJarayon, mas'ul, standart (SOP) va KPI yoziladi, Kaizen natijalari shu tizimga bog'lanadi.
02AI o'rgatishRahbar va mutaxassislarga AI dan kundalik ishda foydalanishni o'rgatamiz: tahlil, hisobot, hujjat.
03AI nazoratSignallar, kunlik hisobot va taklif tahlilini AI yordamchi qiladi, siz faqat qaror qabul qilasiz.
Tajriba

Ishlab chiqarishni ichidan bilamiz

Konsultant sifatida ham, korxona rahbari sifatida ham ishlaganmiz. Har loyihada metodika real sex sharoitida sinalgan.

~200korxonada turli xizmatlarimiz bo'yicha ishlaganmiz
30+korxonani to'liq tizimlashtirganmiz
5+ yilamaliy tajriba
Oziq-ovqatSut mahsulotlari ishlab chiqarishCEO/COO sifatida korxonani ichidan boshqarish va to'liq tizimlashtirish.
TekstilTo'qimachilik fabrikasiIshlab chiqarish jarayonlari, mas'uliyat va hisobotni tizimga solish.
KimyoLok-bo'yoq ishlab chiqarishStrategiya, boshqaruv ritmi va bo'limlar o'rtasidagi tartib.
PlastikSuv tizimlari ishlab chiqarishMoliya, ombor, sotuv va ishlab chiqarish diagnostikasi, AI va ERP joriy etish.
Tariflar

3 ta tarif. Qaysi biri sizga to'g'ri kelishini diagnostika ko'rsatadi

Narx va muddat korxonangiz ko'lami, xodimlar soni va asosiy muammoga qarab bepul AI diagnostikadan keyin yozma kelishiladi.

Start

Kaizen asoslari

Kaizen bilan endi tanishayotgan, bitta sex yoki uchastkadan boshlamoqchi korxonaga.

≈ 1 oy
  • 5S: 1 uchastkada joriy etish va audit
  • Takliflar tizimi: 48 soat qoidasi
  • ERP Kaizen paneli (asosiy ko'rsatkichlar)
  • Rahbar va ustalar uchun o'quv

Narx: diagnostikadan keyin

Diagnostikaga yozilish
Eng ko'p tanlanadi Biznes

Kaizen tizimi

Butun ishlab chiqarishda doimiy yaxshilanish tizimini qurmoqchi korxonaga.

≈ 2 oy
  • Start tarifidagi hamma narsa
  • PDCA kartalari va 5 NEGA tahlillari
  • Gemba yurish va boshqaruv ritmi
  • To'liq Kaizen paneli, signallar har kuni Telegramga
  • 23 ta Kaizen qo'llanmasi va SOP shablonlari
  • Foyda hisobi: har taklif so'mda

Narx: diagnostikadan keyin

Bepul diagnostikaga yozilish →
Premium

Kaizen + AI

Kaizenni butun kompaniyaga yoyib, AI bilan nazoratni avtomatlashtirmoqchi korxonaga.

≈ 3 oy
  • Biznes tarifidagi hamma narsa
  • Hamma bo'limlarni tizimlashtirish (jarayon, mas'ul, KPI)
  • AI yordamchi: hisobot, signal, taklif tahlili
  • Rahbarlar uchun AI o'rgatish
  • Ichki akademiya asosi

Narx: diagnostikadan keyin

Diagnostikaga yozilish
Qanday boshlanadi

Arizadan birinchi natijagacha — 4 qadam

Ariza1 daqiqa: ism, telefon, korxona haqida qisqacha.
Bepul AI diagnostika60 daqiqalik suhbat, korxonangizdagi asosiy yo'qotish nuqtalari.
Yozma xulosa va tarifQayerda qancha yo'qotish bor, qaysi tarif mos, narx va muddat.
Joriy etishJamoangiz bilan birga quramiz, natijani panelda o'lchaymiz.
Bepul AI diagnostika

Korxonangiz oyiga qancha yo'qotayotganini bilib oling

60 daqiqalik suhbatda vaziyatingizni ko'rib chiqamiz va qayerdan boshlash kerakligini aniq aytamiz.

  • Pul yo'qotayotgan 3 ta asosiy nuqta yozma ko'rinishda
  • Sizga mos tarif, taxminiy muddat va narx
  • Kaizen panelini jonli ko'rsatamiz
  • Bepul va hech qanday majburiyatsiz
Cheklangan: sifat uchun oyiga faqat 5 ta korxona bilan diagnostika o'tkazamiz. 10 dan ortiq xodimli korxonalar uchun.

Ariza qoldiring

1 daqiqa vaqt oladi. O'zim qo'ng'iroq qilaman.

Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi. Maxfiylik siyosati

✓

Rahmat, arizangiz qabul qilindi!

24 soat ichida o'zim qo'ng'iroq qilib, diagnostika vaqtini kelishib olamiz.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

2 000–5 000$ tejashga kafolat berasizmi?

Yo'q, soxta kafolat bermaymiz. Bu raqam o'rtacha korxonadagi isroflar hisobidan kelib chiqqan. Sizning korxonangizdagi aniq summani diagnostikada raqamlaringiz bilan hisoblaymiz va natijani boshlang'ich hamda yakuniy ko'rsatkich bilan o'lchaymiz.

Bepul diagnostikada nima bo'ladi?

60 daqiqalik suhbatda vaziyatingizni so'rab bilamiz, keyin pul yo'qotayotgan 3 ta asosiy nuqtani, mos tarifni va keyingi qadamni yozma yuboramiz. Sotuvga majburlash yo'q.

Xodimlarimiz Kaizen bilan ishlay oladimi?

Ha. Taklif yozish 2 daqiqa oladi, ERP telefonda ham ochiladi. Ustalar va rahbarlar uchun o'quv tarifga kiradi, 23 ta qo'llanma oddiy tilda yozilgan.

Bizda boshqa ERP yoki 1C bor. Bu xalaqit beradimi?

Yo'q. Kaizen paneli yaxshilanish jarayonini boshqaradi, mavjud hisob tizimingizni almashtirmaydi. Kerak bo'lsa ma'lumotlarni bog'lash yo'lini diagnostikada ko'rib chiqamiz.

Natija qachon ko'rinadi?

Birinchi takliflar va 5S natijalari odatda dastlabki 2–4 haftada ko'rinadi. Barqaror tizim esa rahbar ishtiroki va jamoa intizomiga bog'liq, shuning uchun har tarifda boshqaruv ritmi ham quriladi.

Bepul diagnostikaga yozilish